Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

F E R M E N T L A R
  
Fermentlarning umumiy xususiyatlari
Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi
Fermentlar deb organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi
biologik faol oqsillarga aytiladi. (Lotincha «Fermentum» – achitqi yoki
«enzim» grekcha «en» – ichki, «zim» tomizg‘i).
Fermentlar tashqi muhitdan tushgan va organizmning o‘zida hosil
bo‘lgan moddalarning o‘zgarishini amalga oshiradi. Ovqat
moddalarning o‘zlashtirilishi va ularning keyinchalik ishlatilishi, yuqori
molekulali birikmalardagi kimyoviy energiyaning biologik oksidlanish
davrida ajralishi va hujayra hamda to‘qimalarning ularning rivojlanishi
va takomillanishi davrida struktur elementlarining hosil bo‘lishi
fermentlarning bevosita ishtiroki ostida boradi. Fermentativ reaksiyalar
asosida moddalarning o‘zgarishi organizm hayot faoliyatining material
va energetik asosini tashkil etadi, shuning uchun fermentlar hayot
jarayonlarini haraktlantiruvchilari bo‘lib hisoblanadilar (34-rasm).
Fermentlar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda nemis olimi
Libaviya va golland olimi Van Gelmontlar tomonidan xususiyatlarini
spirtli bijg‘ish o‘rganishda aniqlangan. XVIII asr oxirida Reomyura va
Spallansiani yirtqich hayvonlarning me’da shirasida go‘shtni
hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli
ekanligini isbotlaganlar. 1836-yili esa Shvan me’da shirasida pepsin
fermenti borligini kashf qilgan. Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor
kraxmalni shakarga aylanishida kimyoviy moddalar (fermentlar)
ishtirokini ko‘rsatgan bo‘lsa, 1837-yili Payyen va Perso ularni ajratib
olgan va termolabilligini aniqlaganlar. Shu yili Berselius fermentlarni
anorganik katalizatorlar bilan solishtiradi. M.M. Manaseina, G. Buxner
va E. Buxner bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradilar, 1894-yilda


112
esa E.Fisher fermentlar spetsifikligini «qulf-kalit» nazariyasi asosida
isbotlab beradi. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak
yo‘lidagi fermentlar nofaol – proferment holatda bo‘lishini,
tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko‘rsatadi va
fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi. Mixaelis va Menten
1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va fermentativ reaksiyalar
kinetikasini yaratishadi. 1926-yili Samner ureaza fermentini kristall
holda oladi va uni oqsil tabiatligini ko‘rsatadi. 1957-yili Viland va
Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda – izofermentlarda
bo‘lishini isbotlaydilar. 1960-yilda Fillips lizotsimni uchlamchi
strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi.
Fermentlar neorganik katalizatorlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
1. Juda yumshoq sharoitlarda faollik ko‘rsatadilar (past temperatura,
normal bosim, pHning ma’lum qiymatlari va boshqalar).
2. Kimyoviy reaksiyani juda jadal tezlashtiradilar (35-rasm).
3. Yuqori spetsifiklikka egadir.
4. Fermentlar faolligi boshqariladi.
34-rasm. Fermentlar ahamiyati. Fermentlarning biologiya va tibbiyotdagi
o‘rni


113
5. Fermentativ reaksiya
tezligi ferment miqdoriga
to‘g‘ri proporsionaldir.
Fermentlar uchun xos
bo‘lgan bir qator xususiyatlar
ularning oqsil tabiati bilan
bog‘liqdir.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling