Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
29-rasm. Polipeptid zanjir initsiatsiyasi
101 Ribosomada 2 qism tafovut qilinadi: 1. A–aminoatsil – qism 2. R–peptidil – qism. Initsiatsiyani boshlovchi fmet–tRNK faqat P–qism bilan bog‘lanishi mumkin. Qolgan yangi keluvchi amino–atsiltRNKlar A-qismga birikadi, P–qism ribosomaning aminokislotadan bo‘shagan tRNKlar ketadigan joyi hisoblanadi. 3. Elongatsiya. Bu bosqichda aminokislotalarning ketma-ket kovalent bog‘lanishi orqali polipeptid zanjirning uzayishi sodir bo‘ladi. Elongatsiya jarayonida uchta oqsil omillar EF – Tu, EF – Ts va EF – Q qatnashadi; eukariotlarda TF – 1 va TF – 2 deb nomlangan elongatsiya omillari mavjud. Ularni barchasi molekulyar og‘irligi yuqori bo‘lgan oqsillardir (70000 dan 200000 Da gacha). Bu 3-bosqichda davom etadi: 1. Tu elongatsiya faktori bilan kompleks hosil qilgan bog‘lariga GTF tutuvchi ikkinchi amino–atsil-tRNK ribosoma bilan bog‘lanadi. GTF gidrolizlanadi, hosil bo‘lgan GDF Ts elongatsiya faktori katalizlaydigan reaksiya natijasida qaytadan GTFga aylanadi. 2. Ribosomaning A va P–qismlarida joylashgan tRNKlarning aminokislotalari o‘rtasida peptid bog‘i hosil bo‘ladi. Bu jarayonni peptidiltransferaza katalizlaydi va A–qismda peptidil tRNK hosil bo‘ladi. P–qismda esa «bo‘sh» tRNK fmet qoladi (30-rasm). 3. Ribosoma mRNK bo‘ylab 3 oxirga tomon bir kodonga siljiydi. Dipeptidil tRNK A–qismdan P–qismga siljiydi, bu vaqtda bo‘shagan tRNK P–qismdan ajraladi va qaytadan sitoplazmaga tushadi. Endi A– qismda mRNKdagi uchinchi kodon joylashadi. Ikkinchi kodon esa P– qismda bo‘shab qoladi. mRNKning ribosoma bo‘yicha siljishiga translokatsiya deyiladi. Bunda elongatsiya faktori Q yoki translokaza ishtirok etadi va bir molekula GTF sarflanadi (31-rasm). Oqsil biosintezida bitta peptid bog‘i sintezi uchun zarur bo‘lgan energiyaning miqdori haqidagi masala muhim hisoblanadi Aminokislotaning faollanishi, aminoatsil-tRNK hosil qilish bosqichida ATF ning AMF va pirofosfatga parchalanishida energiya ajralib chiqadi. 4. Terminatsiya va polipeptid zanjirning ajralishi mRNKdagi terminator kodonlar polipeptid zanjir sintezining tamom bo‘lganligi haqida xabar beradi va polipeptid maxsus R1, R2, R3 «»rilizing» faktorlar ta’sirida ribosomadan ajraladi. UAA, UAG, UGA tripletlari terminator kodonlari rolini o‘ynaydi. 102 5. Polipeptid zanjirning o‘ralishi va protsessing. Polipeptid o‘zining nativ biologik shaklini egallashi uchun ma’lum fazoviy konfiguratsiyaga ega bo‘lib o‘ralishi kerak. O‘ralishdan oldin yoki keyin yangi sintezlangan polipeptid fermentlar ta’sirida sodir bo‘ladigan protsessinga (yetilishga) uchraydi. Bu vaqtda initsiatsiyalovchi aminokislotalar, ortiqcha aminokislota qoldiqlari ajratiladi, ba’zi aminokislotalarga fosfat, metil, karboksil va boshqa guruh qoldiqlari, shuningdek, oligosaxaridlar yoki prostetik gruppalar biriktiriladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling