118
laboratoriyalarda ferment faolligi va miqdorini
aniqlashda substratlar
to‘yinish konsentratsiyasida ishlatiladi. Agarda fermentlarni ketma-ket
substrat konsentratsiyasini oshirib inkubatsiya qilinsa,
har gal reaksiya
tezligi ortadi: avval juda tez, keyin sekinroq va nihoyat maksimal
darajaga yetadi, ya’ni – Vmax, maksimal reaksiya tezligiga to‘g‘ri
keladi.
Mixaelis K
M
konstantasining
qiymati ushbu reaksiya uchun
jarayonda qatnashayotgan uning tezligini ta’minlab bergan substratning
konsentratsiyasiga teng, Km = 1/2 Vmax. Km = mol/l bilan belgilanadi.
Fermentativ reaksiya tezligi ferment miqdoriga to‘g‘ri
proporsionaldir. To‘qima va hujayrada ferment miqdori qanchalik ko‘p
bo‘lsa, fermentativ jarayon tez kechadi. Agar ferment miqdori uning
sintezini buzilishi hisobiga kam bo‘lsa, reaksiya sust kechadi.
Bu esa
davo vosita sifatida ularni qo‘llashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: