Biokimyo pmd


Fermentativ kataliz mexanizmi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Fermentativ kataliz mexanizmi. Fermentlar ta’sir etish
mexanizmini o‘rganishda Mixaelis va Mentenning ferment-substrat
kompleksining mavjudligiga bag‘ishlangan izlanishlari muhim rol
o‘ynadi. Fermentativ kataliz jarayonini 2 bosqichga bo‘lish mumkin
(38-rasm).
38-rasmTurg‘un bo‘lmagan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi
Birinchi bosqichda substrat fermentga diffuziyalanadi va
fermentning faol markazi bilan bog‘lanadi va ferment-substrat
kompleksi hosil bo‘ladi (ES). Ikkinchi bosqichda birlamchi hosil bo‘lgan
ferment-substrat kompleksi reaksiya mahsulotini faol markazdan
ajralishi va tashqi muhitga diffuziyalanishi kuzatiladi (ÅS kompleks E
va P ga ajraladi). Birinchi bosqich juda tez kechadi va uning tezligi
substrat konsentratsiyasiga va uning faol markazga diffuziyalanishiga
bog‘liq. Ikkinchi bosqich qisqa bo‘lib hosil bo‘lgan moddaning muhitga
diffuziyalanishiga bog‘liqdir.


119
Fermentlarning spetsifikligi. Ko‘p substratlardan bir yoki bir necha
kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lganlarni tanlab olish
xususiyatiga fermentlarning spetsifikligi deyiladi. Fermentlarning yuqori
spetsifiklikka ega bo‘lishi termodinamik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
kimyoviy reaksiyalardan faqat ba’zilarini tanlab oladi va shuning uchun
metabolik jarayonlarni umumiy yo‘nalishini ko‘pincha aniqlaydi.
Quyidagi spetsifiklik turlari tafovut etiladi:
1. Absolut spetsifiklik.
2. Absolut-guruh spetsifikligi.
3. Nisbiy guruh spetsifikligi.
4. Nisbiy spetsifiklik.
5. Steriokimyoviy spetsifiklik.
Absolut spetsifiklikka faqat bitta substratga ta’sir eta oladigan va
o‘xshash bo‘lgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir.
Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshqalar.
Absolut-guruh spetsifikligiga bir xil tipda tuzilishga ega bo‘lgan
substratlarga ta’sir etadigan fermentlar kiradi. Masalan: glyukozidaza,
karboksipeptidaza, aminopeptidaza va boshqalar.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling