Biokimyo pmd
Nisbiy-guruh spetsifikligiga
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi
Nisbiy-guruh spetsifikligiga kimyoviy bog‘ turiga nisbatan spetsifik
bo‘lgan fermentlar kiradi. Masalan: lipaza, esterazalar triglitserid, diglitserid, monoglitserid molekulasidagi murakkab efir bog‘larini uzadilar va boshqalar. Nisbiy spetsifiklik xususiyatiga sitoxrom R 450 , pepsin, ximotripsin, tripsin va boshqa proteolitik fermentlar ega. Sterioximik spetsifiklikka faqat bir fazoviy izomerga ta’sir etuvchi fermentlar egadir. Masalan: aminokislotalarning L – oksidaza yoki D – oksidazalari faqat tegishli izomerlargagina ta’sir etadilar. Fermentlarning spetsifik ta’siri 2 gipoteza yordamida tushuntiriladi: Fisher gipotezasi – ferment va substrat bir-biriga kalit qulfga to‘g‘ri kelganidek mos kelishi kerak. Koshland gipotezasi – majburan to‘g‘ri kelishlik, ba’zan ferment o‘zining konformatsiyasini o‘zgartirish va substratiga mos kelishi mumkin. Buni qo‘lpaypoq va kaft misolida tushuntirish mumkin. Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi Fermentlar nomlanganda substratlarning oxiriga – aza suffiksi qo‘shiladi (Dyuklo taklifi bo‘yicha, 1883-y). Masalan: arginaza argininning gidrolizini katalizlaydi, saxaraza - saxarozaning, fosfataza – fosfo – efir bog‘lari va boshqalar. 120 Boshqa usul — katalizlanuvchi reaksiya nomiga – aza suffiksi qo‘shiladi. Masalan: degidrogenaza vodorodning ajralib chiqish reaksiyasini, gidrolaza – gidroliz reaksiyasini, transferaza – kimyoviy guruhlarni o‘tkazish reaksiyalarini katalizlaydi. Yuqorida keltirilganlarga qaramasdan ba’zi fermentlar o‘zlarining travial nomlarini saqlab qolganlar: tripsin, pepsin, katalaza, ularning nomi katalizlanuvchi reaksiya turiga, shuningdek, substratning nomiga to‘g‘ri kelmaydi. 1961-yilda V xalqaro biokimyog‘arlar kongressida fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi qabul qilingan va uning asosiga quyidagi tamoyillar qo‘yilgan: fermentning nomi o‘z ichiga olishi kerak: – substrat nomini; – koferment nomini; – katalizlanuvchi reaksiya turini. Masalan, ushbu nomenklatura bo‘yicha LDG quyidagicha nomlanadi: L – laktat – NAD – oksidoreduktaza. Bu nomda birdaniga 3 xususiyat o‘z aksini topgan: – substrat – laktat (sut kislota); – koferment – NAD; – reaksiya turi – substrat va vodorod akseptori (NAD) o‘rtasida oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi. Har bir fermentga barcha fermentlar ro‘yxatida alohida nomer (shifr) berilgan. Masalan: laktatdegidrogenaza 1.1.1.27 shifriga ega. Birinchi raqam sinfning nomerini, ikkinchi - sinfchaning, uchinchi – kenja sinfning, to‘rtinchi – ko‘rsatilgan guruhda egallagan o‘rnini ko‘rsatadi. Fermentlarning tasnifi katalitik ta’sirga uchrayotgan reaksiya turiga asoslangan. Barcha fermentlar 6 sinfga bo‘linadilar: 1. Oksidoreduktaza. 2. Transferaza. 3. Gidrolaza. 4. Liaza. 5. Izomeraza. 6. Ligaza (sintetaza) (13-jadval). Fermentlarning har bir sinfi individual o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda yana kichik sinf, kenja sinflarga bo‘linadi. 1. OKSIDORÅDUKTAZAlar (degidrogenazalar). Ushbu sinf fermentlar 14 guruhga bo‘linadi. Ular hujayradagi oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi va vodorod atomi, elektronlarni substratdan oxirgi akseptorga o‘tkazuvchi ko‘p bosqichli reaksiyalarni amalga oshiradilar. 121 2. TRANSFÅRAZAlar. Guruh va molekulyar qoldiqlarni bir birikmadan ikkinchisiga o‘tkazish reaksiyalarini tezlashtiradilar. Fosfotransferaza, aminotransferaza, metiltransferaza, formiltransferaza va boshqalar tafovut etiladi (200 ferment). 3. GIDROLAZAlar. Fermentlar suv biriktirish yo‘li bilan organik moddalarning parchalanish reaksiyalarini tezlashtiradilar. Ularning 9 guruhi mavjud, 169 dan ortiq fermentlar kiradi. Ularga misol bo‘la oladi: esterazalar, glikozidazalar, peptidazalar, amilazalar va boshqalar. 4. LIAZAlar. C-C, C-N, C-O va boshqa bog‘larni uzish orqali organik moddalarning nogidrolitik parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Bu sinf o‘z ichiga 9 guruhni oladi. Ularga quyidagilar kiradi: uglerod-uglerod liazalar (C-C) uglerod-kislorod liazalar (C-O) uglerod-azot liazalar (C-N) Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling