Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
33-rasm. Oqsil ingibitorlar
110 Puromitsin oqsil biosintezining ingibitorlaridan hisoblanadi. Puromitsin aminoatsil – tRNKdagi oxirgi adenil kislota qoldig‘i bilan struktur jihatdan o‘xshash bo‘lganligi uchun peptidil t – RNK bilan reaksiyaga kirishib peptidil – puromitsinni hosil qiladi. Natijada peptid zanjirining uzayishi to‘xtaydi va ribosomadan erkin peptidil – puromitsinlar ajralib chiqadi. Puromitsin ham prokariot, ham eukariotlarda oqsil sinteziga tormozlovchi ta’sir etadi (33-rasm). O‘simtalarga ta’sir etuvchi aktinomitsin D oqsil biosintezini ingibirlaydi. U har xil tur RNKlar, ayniqsa, mRNK sinteziga tormozlovchi ta’sir etadi. Aktinomitsin DNKga bog‘liq RNK- polimerazalarni ingibirlab transkripsiyani to‘xtatadi. Tuberkulyozni davolashda ishlatiladigan antibiotik rifamitsin bakteriyadagi DNKga bog‘liq RNK-polmerazani ingibirlaydi. Yaqinda rifamitsinni viruslarga qarshi ta’siri ochildi; u DNK – saqlovchi virus chaqirgan traxoma kasalligini muvaffaqiyatli davolashda qo‘llanilyapti. Demak, bu antibiotik klinik onkologiyada viruslar chaqirgan, o‘simtalarni davolashda o‘z tadbiqini topadi deb asoslansa bo‘ladi. Terlama kasalligini davolashda qo‘llaniladigan bir qancha antibiotiklar ham oqsil biosintezini ingibirlaydi. Masalan: elongatsiya stadiyasidagi peptidiltransferaza reaksiyasini xloramfenikol, translokaza fermentini siklogeksamid ingibirlaydi. Tuberkulyozga qarshi antibiotiklar – streptomitsin, neomitsin mRNKning translyatsiyasi vaqtida xatolarni vujudga keltiradi (masalan: kodon UUU fenilalanin o‘rniga leytsinni polipeptid zanjiriga biriktirishi natijasida anomal oqsil hosil bo‘lib, bakteriyaning halok bo‘lishiga olib keladi). Tetratsiklin aminoatsil – tRNKni ribosomadagi 50 S subbirlikdagi aminoatsil markazi bilan bog‘lanishini tormozlab, 70 S ribosomadagi oqsil biosintezini ingibirlaydi. Penitsillin hujayra membranasi tuzilishida ishtirok etuvchi geksapeptidlarning sintezini tormozlab, oqsil sintezini ingibirlaydi. Ularning sintez mexanizmi oqsilning ribosomal sintez mexanizmidan farqlanadi. Eritromitsin va oleandomitsin ribosomadagi translyatsiya vaqtida ishtirok etuvchi translokazaning faolligini tormozlaydi. Oqsil sintezida ishtirok etuvchi biron-bir zvenoning buzilishi yoki tushib qolishi patologik holatning rivojlanishiga olib keladi, bunda kasalning belgilari sintezi buzilgan oqsilning tabiati va funksiyasiga bog‘liqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling