Biokimyo va molekulyar biologiya
Oqsillarni organik erituvchilar ta’sirida cho’ktirish
Download 0,95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktivlar
- 3. Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturatsiyasi
2. Oqsillarni organik erituvchilar ta’sirida cho’ktirish Organik erituvchilar (spirt, atseton va boshqalar) oqsil makromolekulasining degidratatsiyasiga sababchi bo’ladi. Ular suvli qobig`ini buzib, oqsilning eritmadagi eruvchanligini pasaytiradi va bu cho’kma tushishiga olib keladi. Organik erituvchilar yordamida oqsillarning cho’kishi neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda yaxshi amalga oshadi. Ishqoriy muhitda esa cho’kish yuzaga chiqmaydi. Har xil elektrolitlarning eritmada bo’lishligi ham cho’kish jarayonini amalga oshiruvchi omil hisoblanadi (masalan, natriy xlorning bo’lishligi shunga olib keladi). Oqsillarni spirt bilan cho’kishi qaytar jarayon hisoblanadi. Bunda eritma qizdirilmasa va reagentning ta’sir qilishi qisqa vaqt ichida o’tsa, shunday bo’ladi. Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi. b) etil spirti (yoki asteton), v) natriy xlorid (kristall holda). Ishning bajarilishi: Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasidan quyiladi, ustiga natriy xlor kristalidan oz miqdorda solinadi va eriguncha chayqatiladi. Shundan keyin tomchilatib, 4-6 ml etil spirti solinadi va qattiq chayqatiladi. Oradan 5-8 minut o’tgach, oqsil cho’kmaga tushadi. Cho’kma hosil bo’lgandan keyin tezlik bilan uni boshqa probirkaga ajratib olinadi va ustiga bir necha ml distillangan suvdan quyiladi. Bunda spirtning konsentratsiyasi kamayib ketib, oqsil darhol erib ketadi. 3. Oqsilning issiqlik ta’siridagi denaturatsiyasi Ko’pgina oqsillar 50-65°C temperaturada buzila boshlaydi. Yuqori temperatura oqsilning denaturatsiyasiga olib keladi, buning natijasida makromolekula qaytmas fizik-kimyoviy va biologik xossalarining o’zgarishiga uchraydi. Qaynatish natijasida polipeptid zanjiridagi disulfid bog`lari buziladi va makromolekulaning konformatsiyasini buzilishiga olib keladi. Qisqa vaqt qizdirish (nisbatan past temperaturada) natijasida denaturatsiya amalga oshmasligi mumkin. Lekin, keyingi qizdirishlar oqsil molekulasining buzilishiga olib keladi. Issiqlik ta’siridagi denaturatsiya tezligiga va jarayonning intensiv borishiga muhitning pH va elektrolitlarning qo’shilishi sezilarli ta’sir qiladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada cho’kmaga yaxshi tushadi. Muhitning pHini kislotali yoki ishqoriy tomonga o’tib qolishi natijasida oqsillarning cho’kishi to’xtab qoladi. Kuchli kislotali va kuchli ishqoriy muhitda oqsillar qaynatilganda cho’kmaga tushmaydi. Kislotali muhitda oqsil molekulasi musbat zaryadlanadi, kuchli ishqoriy muhitda esa manfiy zaryadga ega bo’ladi. Elektrolitlarning qo’shilishi (masalan, natriy xlorid) natijasida xatto kislotali muhitda ham oqsillarning koagulyatsiyalanish jarayoni tezlashadi. Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 1% li sirka kislota, v) 10% li sirka kislota, g) 10% li o’yuvchi natriy, d) natriy xlorning to’yingan eritmasi. Download 0,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling