Biolog 10 indd


Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash niho yatda turli-
tuman. Chu nonchi, bo‘ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziq la na dilar. Shunga 
ko‘ra bo‘rilar bilan tul ki lar, shuningdek, tulki-
lar bilan tovushqonlar orasida doimo yashash 
uchun o‘zaro kurash kuzatiladi. 
Yirtqich – o‘lja, parazit va xo‘jayin muno-
sabatlari turlararo yashash uchun kurashning 
yana bir ko‘rinishidir. Marka ziy Osiyoda ko‘p 
tarqalgan hind maynasi chigirtkalar bilan ham 
oziqlanadi. Chigirt kalar chumchuqlar uchun 
ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar 
bilan chum chuqlar orasida raqobat yuz beradi. 
Tuyoqli hayvonlar o‘simliklar bilan oziqla-
nadi. O‘simliklar bilan chigirtkalar ham oziq -
la nadi. Chigirtkalarning tez ko‘payishi tuyoq-
li hayvonlarning och qolib o‘lishiga sabab 
bo‘ladi. Ikkinchi tomondan tuyoqli hayvon -
lar hayoti yirtqich hayvonlarga bog‘ liq. 
O‘sim liklarning mavjudligi faqat o‘txor 
hayvon largagina emas, balki ularning chang-
latadigan hasharotlar, shuningdek bosh qa 
o‘simlik o‘rtasida bo‘ladigan raqobat bilan 
ham aloqador. Joy uchun kurashda kulrang 
YASHASH UCHUN KURASH TURLARI
Bir turga mansub 
organizmlar orasidagi 
kurash
Har xil turlarga mansub 
organizmlar orasidagi 
kurash
Organizmlarning anorga-
nik tabiatning noqulay sha-
roitlariga qarshi kurashi
91-rasm. Turlararo kurash. 
1 – baliq yeyayotgan suvkesar; 
2 – ilonburgut o‘ljasi bilan; 
3 – yo‘ng‘ichqani bo‘g‘ayotgan 
zarpechak.
1
2
3


177
kalamush asta-sekin qora kalamushni siqib chiqara boshlaydi. Avstraliyaga 
Yevropadan olib kelingan oddiy ari nayzasi yo‘q kichik mahalliy arini siqib 
chiqardi (91-rasm).
Turlar orasidagi yashash uchun kurash unchalik shiddatli bo‘lmasligi 
mumkin. Bunga asosiy sabab har turga mansub organizmlarning oziqasi turli 
xil bo‘ lishidir. Tulkilar ham o‘z navbatida faqat tovushqonlar bilan emas, balki 
sichqon, kirpi va qushlar bilan ham oziqlanadilar. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling