Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

113-rasm. «Materiklar dreyfi » nazariyasiga ko‘ra tarixiy jarayonda 
qit’alarning paydo bo‘lishi.
8 – Biologiya 10


210
Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer 
ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o‘z navbatida bo‘laklarga ajragan. 
Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo 
bo‘lgan. Lavraziyaning bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari 
kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida 
bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning 
qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o‘simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir 
etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gondvanadan ajragan davrda triasning 
o‘rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo‘yib ko‘payuvchi turlari hamda 
xaltalililar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo‘ldoshlilar kenja sinfi
vakillari paydo bo‘lmagan edi. Shu sababli tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar
Avstraliya, xaltali sutemizuvchilar Avstraliya va Neotropik (masalan, opossum) 
biogeografi k viloyatida saqlanib hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Boshqa 
qit’alarda tuxum bilan ko‘payuvchilar, xaltalilar yashash uchun kurashda 
ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko‘payishga ega bo‘lgan yo‘ldoshlilar 
kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
Tayanch so‘zlar: Avstraliya, Neotropik, Indomalay, Paleoarktik, Neoarktik, 
Paleoarktik. 
Savol va topshiriqlar:
1. Avstraliya va Neotropik biogeografi k viloyatlarni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash 
hayvon guruhlarini aniqlang.
2. Nima sababdan Paleoarktik va Neoarktik biogeografi k viloyatlarning hayvonot 
va o‘simlik olami ko‘p jihatdan o‘xshash?
3. Quruqlikni biogeografi k viloyatlarga ajratishda qaysi hayvon va o‘simlik 
guruhlariga asosan e’tibor qilingan?
4. Nima sababdan odamsimon maymunlar faqat ikki biogeografi k viloyatlarga 
tarqalgan?
5. Opossumlarning Markaziy va Janubiy Amerikada uchrashini qanday 
tushuntirasiz?

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling