Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Parallel evolutsiya (grek cha – parallelos – «yonma-yon bo ruvchi») – bir-
biriga qarindosh bo‘l gan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash 
belgilar pay do bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan, 
sut emi zuvchi kitsimonlar va kura k oyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv 
muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo 
bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana 
tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (115-rasm).
Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, 
gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga 
keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta -
t siyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani 
N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tav-
sifl ab beradi. Mazkur qonunga mu-
vofi q, bir-bi riga qarindosh turlar 
irsiy o‘zga ruvchanlikning o‘xshash 
qator lari bilan ta’rifl anadi. Shuning 
uchun o‘xshash belgilar bir-biriga 
qarindosh turlarda mustaqil – parallel 
holda hosil bo‘ladi.
Konvergent evolutsiya – kelib 
chiqishi jihatidan uzoq guruhlar (ken-
ja sinf, sinf, tip) organizmlarning 
o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan 
ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish 
xili. Evolutsion o‘zgarishlarning bun -
day xili qarindosh bo‘lmagan turlar -
ning o‘xshash tashqi muhit ta’siri ga 
moslanishlari natijasi hisoblanadi. 
Kon vergent o‘zgarishlar aynan bir 
115-rasm. Afrika va Janubiy Amerika sut- 
emizuvchilari tana tuzilishidagi parallelizm. 


213
xil tashqi muhit omillari bilan bevosita 
bog‘langan organlarda yuz beradi. 
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar 
o‘xshash hayot tarziga ega bo‘lganliklari 
natijasida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 
holda ularning tuzilishida o‘xshash qir ra -
lari paydo bo‘lgan. Konvergent o‘xshashlik 
sis tematik jihatdan bir-biridan ancha uzoq 
turgan guruhlarda ham kuzatiladi. Qushlar 
va kapalaklarda qanoti bo‘ladi, lekin bu 
organlarning kelib chiqishi turlichadir. 
Birinchi holatda – bu o‘zgargan oldingi 
oyoqlar, ikkinchisida – xitin o‘simta. 
Konvergensiya bir-biriga qarindosh 
bo‘lmagan guruhlarning o‘xshash yo‘na lishda evolutsion rivojlanishi va 
ularning bir xil yashash muhitiga moslashishi natijasida o‘xshash belgilarga 
ega bo‘ lishidir. Konvergent rivojlanishga akulalar (birlamchi suv hayvonlari), 
ixtiozavrlar va kitsimonlar (ikkilamchi suv hayvonlari) tana shaklining 
o‘xshashligini misol qi lib keltirish mumkin (116-rasm). Ammo umurtqalilarning 
bu guruhlari teri qop lami, kalla suyagi, muskullari, qon ayla nish, nafas olish 
va boshqa organlar sistemalarining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling