Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: divergensiya, konvergensiya, parallelizm.
Savol va topshiriqlar:
1. Evolutsiya tiplari haqida nimalarni bilasiz? 
2. Divergent evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
3. Divergent evolutsiyaga misollar keltiring. 
4. Konvergent evolutsiyaning mohiyatini izohlang.
5. Konvergent evolutsiyaning sababini misollar orqali tushuntiring. 
6. Parellel evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
7. Parellel evolutsiyaga misollar keltiring. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Evolutsion o‘zgarish tiplari
O‘ziga xos jihatlari
Misollar
Divergensiya
Parallelizm
Konvergensiya
116-rasm. Umurtqalilarning turli 
sistematik guruhlariga kiruvchi 
hayvonlarda konvergensiya; 
A – suvdagi vakillari; 1 – akula: 
2 – ixtiozavr; 3 – delfi n; B – quruq-
likdagi vakillari: 1 – xaltali krot; 
2 – oddiy krot.


214
50-§. ORGANIK OLAM EVOLUTSIYASINING ASOSIY 
YO‘NALISHLARI
Organik olam evolutsiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritganda nima sababdan 
barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, 
ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mavjudotlar mavjud, 
degan savol tug‘ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan 
A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qildilar. Ma’lumki, Darvin 
o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga 
mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi. Atrof-
muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda 
organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarini keltirib chiqargan. Umumiy 
moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining 
takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitining o‘zgarishi bilan: 
1) bir turga mansub individlar soni orta borsa; 2) ular ishg‘ol qilgan areal 
ken gaya borsa; 3) tur zaminida yangi populatsiyalar, kenja turlar, turlar va 
boshqa taksonlar hosil bo‘lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb 
ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan 
Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan 
instinktning yo‘qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilma-xil 
oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g‘olib 
kelib, son jihatdan tobora ko‘paya borishiga, arealining kengayishiga sabab 
bo‘lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning 
chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy 
tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish mumkin. 
A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘na-
lishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy 
degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar.
Biologik progress har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usulida 
tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bolgan 
organlar sistemalari takomillashadi. U morfofi ziologik yuksalish (progress) – 
aromorfoz deb nomlanadi. Ikkinchi usulda organizm hayot faoliyati uchun 
ikkinchi darajali organlar sistemasi o‘zgaradi va organizmlar tuzilishi murak-
kab lashmaydi, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi usulda organizmlar tuzilishi 
murakkabdan soddaga o‘zgarishi natijasida biologik progressga yo‘liqqan 
bo‘ladi.


215
Morfofi ziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy 
darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zga-
rishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar 
yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga 
imkon beradi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling