Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Kaynozoy erasi 70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan. 
Kaynozoy erasida gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi 
hayvonlar avj olib rivojlangan.


228
Uchlamchi davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa kes kin 
sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon 
o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.
Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi 
marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan. 
Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi 
bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar 
va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar 
rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar 
ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Natijada janubiy «maymunlar» –
avstralopiteklar kelib chiqqan.
Kaynozoy erasining to‘rtlamchi davrida Yerning katta qismi muz bilan 
qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik 
turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi. 
Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va 
hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli 
o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda 
mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari, 
bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan 
qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi 
g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi. 
Tayanch so‘zlar: mezozoy, trias, yura, bo‘r, kaynazoy, oraliq forma.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling