Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-§. ANTROPOLOGIYA – ODAM EVOLUTSIYASI HAQIDAGI FAN
Savol va topshiriqlar:
1. Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar hosil qilgan? 2. Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan? 3. Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan? 4. Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan? 229 56-§. ANTROPOLOGIYA – ODAM EVOLUTSIYASI HAQIDAGI FAN Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish, ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin. Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi. Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fi krlar asosan molekular biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fi ziologiya, embrio logiya va paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi. Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud: 7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari, alveolalar, diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi. Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi (121-rasm). Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling