Biolog 10 indd


Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar)


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi 
odam – homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua 
Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. 
Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm
3
bo‘lgan. Pitekantroplar 
toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa 
bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop 
odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan. 
Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm
3
, bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. 
Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, 
hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar 


232
sanaladi. Arxantroplar o‘lgandan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini har 
xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar.
Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi 
yaqinida, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan 
qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal 
odam deb nom berilgan. Neandertallar 250–40 ming yil avval yashaganlar. 
Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155–165 sm, 
miyasining hajmi 1400 sm
3
bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular 
bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni 
ko‘mganlar.
Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi 
Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon 
odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo bo‘lgan. 
Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm
3
, iyagi bo‘rtib 
chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan, 
tanasining tuzilishi bo‘yicha kromanyonlar hozirgi odamlardan farq 
qilmaganlar. Kromanyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar, 
uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini 
ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan 
shug‘ullana boshlaganlar.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling