Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Lizogen bakteriya – genom tarkibida nofaol profag tutgan bakteriya.
Lizogeniya – bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joylashib olishi.
Mangust – yirtqich sutemizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga 
mansub hayvon.
Monoklonal antitana – bir tur antitana hujayralarining rak hujayralariga 
duragaylash orqali olingan gomogen antitana oqsil molekulalari.
Partenogenez – jinsiy ko‘payish xili bo‘lib, bunda urg‘ochi jinsiy hujayralar 
urug‘lanmasdan rivojlanadi.
Politipik – bir turga kiruvchi organizmlarning turli nusxada bo‘lishi.
Pubertat (pubertat davri) – jinsiy yetilish; o‘smir organizmidagi kechadigan
o‘zgarishlar bo‘lib, ularning natijasida o‘smir voyaga yetadi va naslni davom ettira 
oladi. 
Reduksiya – ontogenezning boshlang‘ich davrida yoki ajdodlarda normal 
rivojlangan organning rivojlanmaganligi yoki butunlay yo‘qolishi. 
Rekombinant T-DNK – yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga 
kiritishdan olingan genetik konstruksiya.
Retrotranspozon – i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning 
boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi. 
Sayt – (ingl. site – joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Bu nuqta borayotgan 
jarayonga muvofi q restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti 
deyiladi. 
Sentromera – mitoz va meyoz bo‘linishlar vaqtida bo‘linish urchug‘i iplari 
birikadigan xromosoma qismi.
Тakson – sistematika qabul qilingan organizmlar guruhlari (masalan, tur, avlod, 
oila).
Ti-plazmid – agrobakteriya hujayrasidagi o‘simliklarda shish kasalligini keltirib 
chiqaruvchi plazmid.
Tizim (yunoncha butun, qismlardan tuzilgan; birlashish) – bir-biri bilan bog‘lan-
gan, ma’lum bir butunlikni tashkil etadigan ko‘pgina elementlar.
Vidra – yirtqichlar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub suvda yashov-
chi hayvonlarning bir turi.


237

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling