Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Politipik
- Reduksiya
- Retrotranspozon
- Sentromera
Lizogen bakteriya – genom tarkibida nofaol profag tutgan bakteriya.
Lizogeniya – bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joylashib olishi. Mangust – yirtqich sutemizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub hayvon. Monoklonal antitana – bir tur antitana hujayralarining rak hujayralariga duragaylash orqali olingan gomogen antitana oqsil molekulalari. Partenogenez – jinsiy ko‘payish xili bo‘lib, bunda urg‘ochi jinsiy hujayralar urug‘lanmasdan rivojlanadi. Politipik – bir turga kiruvchi organizmlarning turli nusxada bo‘lishi. Pubertat (pubertat davri) – jinsiy yetilish; o‘smir organizmidagi kechadigan o‘zgarishlar bo‘lib, ularning natijasida o‘smir voyaga yetadi va naslni davom ettira oladi. Reduksiya – ontogenezning boshlang‘ich davrida yoki ajdodlarda normal rivojlangan organning rivojlanmaganligi yoki butunlay yo‘qolishi. Rekombinant T-DNK – yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga kiritishdan olingan genetik konstruksiya. Retrotranspozon – i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi. Sayt – (ingl. site – joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Bu nuqta borayotgan jarayonga muvofi q restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti deyiladi. Sentromera – mitoz va meyoz bo‘linishlar vaqtida bo‘linish urchug‘i iplari birikadigan xromosoma qismi. Тakson – sistematika qabul qilingan organizmlar guruhlari (masalan, tur, avlod, oila). Ti-plazmid – agrobakteriya hujayrasidagi o‘simliklarda shish kasalligini keltirib chiqaruvchi plazmid. Tizim (yunoncha butun, qismlardan tuzilgan; birlashish) – bir-biri bilan bog‘lan- gan, ma’lum bir butunlikni tashkil etadigan ko‘pgina elementlar. Vidra – yirtqichlar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub suvda yashov- chi hayvonlarning bir turi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling