Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Divergensiya – lotincha ajralish. Belgi-xossalarning bir-biridan farqlanishi.
Dizruptiv – bir populatsiya doirasida bir-biridan farqlanuvchi bir nechta 
polimorf formalarning hosil bo‘lishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning bir shakli.
Elektroforez – molekulalarni elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel 
ichida kattaligiga ko‘ra bir-biridan ajratish usuli.
Ekssiziya – (inglizcha “excision” – chiqib ketish) profagning bakteriya genomi-
dan chiqib ketish jarayoni. 
Endonukleaza – DNK zanjirining kesuvchi qismlari (restriktaza).
Filogenetik shajara – avlodlar shajarasi bo‘lib, fi logenez kechishi va turli 
organizmlar guruhlarining qarindoshlik aloqalarining grafi k aks ettirilishi.
Fotoperiodizm – yorug‘ kun uzunligi o‘zgarishiga bog‘liq holda organizmlar 
o‘sishi va rivojlanishi jarayonlaridagi o‘zgarishlar. 
Genlar dreyfi  – tasodifi y sabablar ta’sirida populatsiya genetik tuzilishining 
o‘zgarishi – genetik avtomatik jarayon.
Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish.
Genofond – populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami. 
Genom – xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi.
Interferon – virusli kasalliklarda organizm hujayralarida hosil bo‘ladigan oqsil. 
Kallus to‘qima – hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisos lash-
magan hujayralar massasi.
Kariotip – u yoki bu turga xos bo‘lgan xromosoma to‘plami belgilarining 
yig‘indisi.


236
Kodon (yoki triplet) – sintezlanayotgan oqsilga kiritiladigan qat’iy ma’lum bir 
aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotid ketma-ketligi.
Kodominantlik – geterozigota organizmda belgining yuzaga chiqishida har 
ikkala allelning ishtirok etishi.
Konvergensiya – qarindosh bo‘lmagan turlarda o‘xshash muhit sharoitlarida 
yashashga moslanish sifatida o‘xshash belgilarning mustaqil holda rivojlanishi.
Lizis – lizosoma yoki boshqa agentlardagi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan 
fermentlar ta’sirida hujayralarning yemirilishi yoki erib ketishi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling