Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endonukleaza
- Genlarni klonlash
- Kodon (yoki triplet)
- Konvergensiya
Divergensiya – lotincha ajralish. Belgi-xossalarning bir-biridan farqlanishi.
Dizruptiv – bir populatsiya doirasida bir-biridan farqlanuvchi bir nechta polimorf formalarning hosil bo‘lishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning bir shakli. Elektroforez – molekulalarni elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel ichida kattaligiga ko‘ra bir-biridan ajratish usuli. Ekssiziya – (inglizcha “excision” – chiqib ketish) profagning bakteriya genomi- dan chiqib ketish jarayoni. Endonukleaza – DNK zanjirining kesuvchi qismlari (restriktaza). Filogenetik shajara – avlodlar shajarasi bo‘lib, fi logenez kechishi va turli organizmlar guruhlarining qarindoshlik aloqalarining grafi k aks ettirilishi. Fotoperiodizm – yorug‘ kun uzunligi o‘zgarishiga bog‘liq holda organizmlar o‘sishi va rivojlanishi jarayonlaridagi o‘zgarishlar. Genlar dreyfi – tasodifi y sabablar ta’sirida populatsiya genetik tuzilishining o‘zgarishi – genetik avtomatik jarayon. Genlarni klonlash – ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish. Genofond – populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami. Genom – xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi. Interferon – virusli kasalliklarda organizm hujayralarida hosil bo‘ladigan oqsil. Kallus to‘qima – hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisos lash- magan hujayralar massasi. Kariotip – u yoki bu turga xos bo‘lgan xromosoma to‘plami belgilarining yig‘indisi. 236 Kodon (yoki triplet) – sintezlanayotgan oqsilga kiritiladigan qat’iy ma’lum bir aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotid ketma-ketligi. Kodominantlik – geterozigota organizmda belgining yuzaga chiqishida har ikkala allelning ishtirok etishi. Konvergensiya – qarindosh bo‘lmagan turlarda o‘xshash muhit sharoitlarida yashashga moslanish sifatida o‘xshash belgilarning mustaqil holda rivojlanishi. Lizis – lizosoma yoki boshqa agentlardagi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan fermentlar ta’sirida hujayralarning yemirilishi yoki erib ketishi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling