Biolog 10 indd
Polinukleotidlarning tuzilishi
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- DNKning tuzilishi
- 15-rasm.
Polinukleotidlarning tuzilishi. Mononukleotidlar bir-biri bilan o‘zaro
birikib polinukleotidlarni hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar o‘zaro fosfodiefi r bog‘i yordamida bog‘lanadi. Fosfat kislota qoldig‘i oldingi nukleotid pentozasining 3´ uglerod atomi bilan, keyingisining 5´ uglerod atomi bilan bog‘lanadi. Polinukleotid zanjirning bir uchi 5´– oxiri deyilsa, ikkinchi uchi 3´ – oxiri deyiladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin-ketin izchil joylashishi uning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi. DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi (15-rasm). Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi (16-rasm). 15-rasm. DNKning tuzilishi. 16-rasm. DNK. 5´ 5´ 3´ 3´ 31 Azotli asoslarning komplementarlik qonu- niyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan: 1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng. 2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C 3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in disi sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga teng: A+G=T+C Azotli asoslar komplementarligi DNKning irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘t- kazish vazifasining kimyoviy asosi hisob lana- di. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlan gan- da gina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz o‘tkaziladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling