Biolog 10 indd


Polinukleotidlarning tuzilishi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Polinukleotidlarning tuzilishi. Mononukleotidlar bir-biri bilan o‘zaro 
birikib polinukleotidlarni hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar 
o‘zaro fosfodiefi r bog‘i yordamida bog‘lanadi. Fosfat kislota qoldig‘i oldingi 
nukleotid pentozasining 3´ uglerod atomi bilan, keyingisining 5´ uglerod atomi 
bilan bog‘lanadi. Polinukleotid zanjirning bir uchi 5´– oxiri deyilsa, ikkinchi 
uchi 3´ – oxiri deyiladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin-ketin 
izchil joylashishi uning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi.
DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib
qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar 
bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod 
bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan 
tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi (15-rasm).
Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri 
bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. 
Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin 
o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi (16-rasm).
15-rasm. DNKning tuzilishi.
16-rasm. DNK. 






31
Azotli asoslarning komplementarlik qonu-
niyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:
1. Purin asoslarining soni pirimidin 
asoslari soniga teng. 
2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar 
soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C
3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in disi
sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga 
teng: A+G=T+C
Azotli asoslar komplementarligi DNKning 
irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘t-
kazish vazifasining kimyoviy asosi hisob lana-
di. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlan gan-
da gina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz 
o‘tkaziladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling