Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-rasm.
RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat
(17-rasm). Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 xil RNK farq qilinadi. Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo‘ladi, aminokislotalarni biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig‘iladigan joyga – ribosomaga yetkazadi. t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikki- lamchi struktu ra ga ega. t-RNKning mo le- kulasida ikkita faol qismi bo‘lib, ular dan biri antikodon tripleti va ikkin chisi akseptor uchi. Antiko don tripleti i-RNKning kodo- niga komplementar. Akseptor uchi ga aminokislotalar birikadi (18-rasm). RNK mo lekulalari DNK molekula si ning qo‘sh zanjirining biriga kom plementar tarz da sintezlanadi. 17-rasm. RNKning tuzilishi. 18-rasm. t-RNK. 32 DNK va RNK xususiyatlari Xususiyatlar DNK RNK Hujayrada uchrashi Yadro, mitoxondriya, xloroplast Yadro, ribosoma, sitoplazma, mitoxondriya, xroloplast Yadroda uchrashi Xromosomalar Yadrocha Tuzilishi Qo‘sh polinukleotid zanjiri Yakka polinukleotid zanjiri Monomerlari Dezoksiribonukleotidlar Ribonukleotidlar Nukleotidlarning tarkibi Purin asoslari – adenin va gua- nin, pirimidin asoslari – timin va sitozin, uglevod – dezoksiriboza, fosfat kislota qoldig‘i Purin asoslari – adenin va gua- nin, pirimidin asoslari – uratsil va sitozin, uglevod – riboza, fosfat kislota qoldig‘i Sintezlanishi Komplementarlik asosida, reduplikatsiya Komplementarlik asosida, transkripsiya Vazifasi Genetik axborotni saqlash, ko‘paytirish, nasldan naslga o‘tkazish Oqsil biosintezida ishtirok etish Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling