Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

2- topshiriq. O‘tilgan mavzuni takrorlash asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring: 
Bosqich
Reaksiya
Qayerda sodir 
bo‘ladi
Ajraladigan 
energiya miqdori
Hosil bo‘ladigan 
ATF miqdori
I
II
III
9-§. PLASTIK ALMASHINUV. FOTOSINTEZ, XEMOSINTEZ
Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash 
uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga 
kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida 
to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib 
turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv 
(assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. 


43
Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga 
ko‘ra avtotrofl ar va geterotrofl arga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik 
moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan 
organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. Organik moddalarni sintez-
lash da yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar foto-
trof lar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar 
xemotroflardir. 
Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofi ll pigmentiga ega organizmlar
yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar 
hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik 
energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga 
organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi (23-rasm). 
23-rasm. Fotosintez jarayoni.
Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan 
bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organizm 
hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm 
hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya 
manbayidir. 
Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin: 
6CO
2
+ 6H
2
O + quyosh energiyasi → C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
Xlorofi ll pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini 
ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez 


44
qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi: 
yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari (24-rasm).
Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning ti la -
koidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mah-
sulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, 
ADF, xlorofi ll ishtirok etadi. 
Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll 
molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elek-
tronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat 
kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik 
energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining 
bir qismi vodorod (H

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling