Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

2. Kislorodsiz bosqich. Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik 
bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza 
kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning 
ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula 
glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C
3
H
6
O
3
), 2 molekula ATF hosil bo‘ladi, 
hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz 
parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% i 


41
ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida 
tarqalib ketadi.
C
6
H
12
O
6
+ 2H
3
PO
4
 + 2ADF 2C
3
H
6
O
3
 +2ATF + 2H
2
O
Anaerob parchalanish jarayoni o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya 
hujayralarida sodir bo‘ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida 
muskul to‘qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko‘p miqdorda 
sut kislotasi hosil bo‘ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi.
3. Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng 
energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir 
bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning 
oxirgi mahsulotlari (CO
2
va H
2
O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut 
kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H
2
O va 6 molekula CO

hosil 
bo‘ladi.
2C
3
H

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling