Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya, 
genetik kod, start kodon, stop kodon. 
Savol va topshiriqlar:
1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.
2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.
3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Matritsali sintez nima?
5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?
6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.
11-§. HUJAYRANING HAYOT SIKLI
Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga 
o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir 
bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta 
DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli 
DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkita 
xromatidadan iborat bo‘ladi. Yadro bo‘linishidan avval xromosomalar yorug‘lik 


51
mikroskopida aniq ko‘rinmaydigan, lekin maxsus bo‘yoqlar yordamida 
bo‘yaladigan uzun va ingichka tuzilmalar holida bo‘lib, bu tuzilmalar xromatin 
deb ataladi. Spirallanish darajasiga ko‘ra xromatinda ikki xil qismlarni farqlash 
mumkin. 
Euxromatin – xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay-
digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatinxromatinning 
spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi. 
Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, 
yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin-
chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. 
«Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash
hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning 
o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan 
naslga o‘tishini ta’minlash. 
Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra DNK (40%) va oqsillar (60%)dan 
tarkib topgan. DNK irsiy axborotni saqlash, oqsillar tuzilma va regulatsiya 
(boshqarish) funksiyalarini bajaradi. Bo‘linayotgan hujayrada xromosomalar 
kuchli spirallashuvi tufayli irsiy material ixcham shaklga kiradi. Bu holat 
xromosomalarning mitoz davrida hujayra bo‘ylab harakatlanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi 2 metr 
bo‘lsa, spirallashgan xromosomalarning umumiy uzunligi 150 mkm (mikron) 
ga teng bo‘lib qoladi (28-rasm). 
Xromosomalar bo‘linayotgan hujayralarda, ay niq sa, mitozning meta-
fazasida yorug‘lik mikrosko pida yaxshi ko‘rinadi. Bunday xromosomalar 
ikkita yelkadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida birlamchi belbog‘ (sentromera) 
joylashadi. Xromosomalarning shakli aynan sentro meraning joylashuviga 
bog‘ liq. 
Asosan uch xil tipdagi xromosomalar farq la nadi: 1) teng yelkali – 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling