Biolog 10 indd


metasentrik; 2) noteng yelkali – submetasentrik


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

metasentrik; 2) noteng yelkali – submetasentrik (bitta yelkasi ikkin chisi-
dan uzunroq); 3) tayoqchasimon – akrosentrik (bitta yelkasi juda uzun, 
ikkinchisi juda kalta). 
Xromosomada xromotidalar (1)dan iborat yelkalar (2), birlamchi belbog‘ (3), 
ikkilamchi belbog‘ (4) bo‘ladi. Xromosomaning ikkilamchi belbog‘i yo‘ldosh 
xromosomani hosil qiladi (29-rasm).


52
28-rasm. Xromosomaning tarkibi.
Hujayra bo‘linayotgan vaqtda xromosomaning birlamchi sentromerasiga 
mikronaychalar birikadi va ularni qutblarga tortadi. Bu davrda har bir 
xromosoma ikkita xromatidalardan iborat bo‘ladi. 
Tirik organizmlar har bir turining hujayrasida xromosomalar soni 
hujayralarida o‘zgarmas, ya’ni bir xil bo‘ladi. Bu holat xromosomalar
 
sonining 
doimiylik qoidasi deyiladi. 
Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni 
ikki hissa kam bo‘ladi. Jinsiy hujayralarda xromosomalar gaploid to‘plamda, 
somatik hujayralarda esa xromosomalar juft, ya’ni diploid to‘plamda bo‘ladi. 
Xromosomalar to‘plami n, shu to‘plamga xos DNK soni c harfl ari bilan ifoda 
etiladi. O‘lchami, shakli bilan bir-biriga o‘xshash, biri otadan, ikkinchisi onadan 
o‘tadigan xromosomalar gomolog xromosomalar deyiladi. Masalan, odamning 
somatik hujayralarida 23 juft xromosoma bo‘ladi. Xromosomalarning miqdor 
(soni, o‘lchami) va sifat belgilari yig‘indisi kariotip deyiladi. Xromosomalar 
soni va tuzilishining doimiyligi biologik tur uchun xos xususiyat hisoblanadi. 
Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil 
bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan 
davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra hayotiy sikli bir nechta 
davrlardan iborat: 
Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.
8 ta giston oqsili molekulasi
nukleosomalardan iborat fi brillalar
xromosoma
xromatin
DNK
2 nm
30 nm
300 nm
700 nm
1400 nm


53
O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar 
hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.
Diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum 
tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Yetuklik davri. Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani 
bajaradi.
Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan 
ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
Мitoz – eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida 
dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng 
taqsimlanadi. 
Mitoz sikli – hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik – interfaza va mitoz 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling