Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

2
+ 2H
2
O = 2H
2
SO

+ energiya
Vodorod bakteriyalari. Vodorod bakteriyalari vodorodni oksidlaydi. 
2H
2
+ O
2
= 2H
2
O + energiya
Xemosintez jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarda ajralgan energiya uglerod 
manbayi bo‘lgan СO
2
dan organik modda (CH
2
O) sinteziga sarfl anadi. 
Xemosintezlovchi bakteriyalar tabiatda moddalar aylanishida, ayniqsa 
atomlarning biogen migratsiyasida katta ahamiyatga ega. Nitrifi kator 
bakteriyalar tuproqni o‘simliklar uchun zarur azotli birikmalarga boyitadi. 
Oltingugurt bakteriyalari faoliyatida hosil qilgan sulfat kislota tog‘ jinslarining 
yemirilishiga sabab bo‘ladi. Temir bakteriyalari faoliyati natijasida temir rudasi 
hosil bo‘ladi. 
Tayanch so‘zlar: avtotrof, fototrof, xemotrof, fotosintez, yorug‘lik kvantlari, 
fotonlar, temir bakteriyalari, nitrifi kator bakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari
vodorod bakteriyalari.
Savol va topshiriqlar:
1. Plastik reaksiyalar haqida nimalarni bilasiz?
2. Fotosintez jarayonini tushuntiring.
3. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichini tushuntiring.
4. Fotosintezning yorug‘lik bosqichini izohlab bering.
5. Xemosintez jarayoni haqida so‘zlab bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring. 
Taqqoslanadigan jihatlar
Fotosintez
Nafas olish
Hujayraning qaysi qismida sodir bo‘ladi
Bosqichlari
Boshlang‘ich mahsulot
Oxirgi mahsulot
Reaksiyasining ifodalanishi
Ahamiyati


47
10-§. HUJAYRA – TIRIKLIKNING IRSIY BIRLIGI
Tirik organizmlar ko‘payish, ya’ni o‘ziga o‘xshaganlarni yaratish xu-
susiyatiga ega bo‘lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish 
bilan bog‘liq. Ko‘payish xususiyatiga molekula darajada qaralsa, bu hodisa 
DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida 
bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi, mitoz, 
meyoz jarayonlarida aks etadi. 
Hujayra o‘z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga 
o‘tkaza oladigan irsiy birlik bo‘lib, avlodlarning bardavomligini ta’minlaydi. 
Irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK molekulasi o‘z-o‘zini ko‘paytirish 
xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling