Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

+
)
 
ionlarini vodorod atomlariga aylantirishga sarfl anadi. 
Natijada suv fotolizga uchraydi. Yorug‘lik energiyasi ta’sirida suvning 
parchalanishi fotoliz deyiladi. Hosil bo‘lgan vodorod atomlari NADF (niko -
-
tinamidadynindinukleotidfosfat) molekulalari – akseptorlarga birikib, ener-
giyaga boy NADF·H hosil bo‘ladi. OH

(gidroksil) ionlari elektronlarini 
xlorofi ll molekulasiga uzatib, OH radikallariga aylanadi, radikallarning o‘zaro 
ta’sirlashuvidan suv va molekular kislorod hosil bo‘ladi.
Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida 
O
2
, ATF, NADF·H hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, 
energiyaga boy ATF va NADF·H qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarfl anadi. 
Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida 
amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO
2
, ATF, NADF·H 
qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO

molekulalari ATF 
energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod – glukoza sintezlanadi.
Fotosintezning umumiy reaksiyasi
12H
2
O + 6СO
2
= C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
+ 6H
2
O
Suvning fotolizi
12H
2
O = 6O
2
+ 24H + 24 ē
NADF
·
Н ning hosil bo‘lishi
24NADF + 24H + 24 ē = 24 NADF·H 
Fotofosforlanish
18ADF + H
3
PO
4
= 18ATF
Yorug‘lik reaksiyalari
12H
2
O + 24NADF + 18ADF + 18H
3
PO
4

6O
2
+ 24NADF·H + 18ATF
Qorong‘ilik reaksiyalari
6CO
2
+ 24NADF·H + 18ATF = 
C
6
H
12
O
6
+ 24NADF + 18ADF +18H
3
PO
4
+ 6H
2
O
24-rasm. Xloroplastning tuzilishi.


45
Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan birlamchi uglevodlar bir qator 
reaksiyalar natijasida boshqa organik moddalarga, ya’ni aminokislota va yog‘ 
kislotalarga aylanadi, ulardan esa oqsil va lipidlar sintezlanadi. Bu organik 
moddalar oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintezda 
atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod esa aerob organizmlarning nafas 
olishi uchun sarfl anadi. Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ko‘mir, neft, gaz, torf 
kabi qazilma boyliklar million yillar avval yashagan qadimgi o‘simliklarning 
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling