Biolog 10 indd


Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Xemosintez. Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy 
kashf etgan. Xemotrofl ar anorganik moddalardan organik moddalarni 
sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan 
energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida 
anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat 
bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarfl anadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum. 
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha 
oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan 
organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO

+ O
2
+ 6H
2
O = 4Fe(OH)
3
4CO
2
+ energiya
 Nitrifi kator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo‘lgan 
ammiakni nitritlarga (HNO
2
), nitritlarni nitratlargacha (HN0
3
) oksidlab, shu 
jarayonda hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi:
2NH
3
+ 3O
2
= 2HNO
2
+ 2H
2
O + energiya
2NHO
2
+ O
2
= 2HNO
3
+ energiya
Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o‘simliklar o‘zlashtira 
oladigan azotli o‘g‘itlar hosil qiladi. 
Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfi dni molekular oltingugurtga yoki 
sulfat kislotagacha oksidlab o‘z tanasida oltingugurt to‘playdi. Vodorod sulfi d 
yetishmaganida bakteriyalar o‘z tanasida to‘planib qolgan oltingugurtni sulfat 
kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi.
2H
2
S + O
2
→ 2H
2
O + 2S + energiya


46
2S + 3O

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling