Biolog 10 indd


Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator  tekisligi bo‘ylab joylashadi. Anafaza I


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Metafaza I da xromosomalar o‘z sentromerlari bilan birgalikda ekvator 
tekisligi bo‘ylab joylashadi. Anafaza I da gomologik xromosomalar 
xromatidalarga ajralmagan holda qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. Har bir 


57
juftdagi ota va ona xromosomalari qutblarga tasodifi y kombinatsiyalarda 
tarqaladi. Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi telofaza I bo‘lib, u qisqa vaqt 
davom etadi. Bu bosqichda xromatinlar despirallashadi, yadro qobig‘i hosil 
bo‘ladi. Xromosomalar soni teng gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani 
paydo qiladi. 
Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o‘rtasidagi bosqich inter kinez 
deb ataladi. Interfazadan farqli o‘laroq, interkinezda DNK repli katsiyasi 
ro‘y bermaydi. Profaza II mitoz 
profazasidan farq qilmaydi. Me tafaza II 
da juft xromatidali xromo so malar o‘z 
sentromeralari bilan ekvator tekisligida 
joylashadi. Anafa za II da sentromerlar 
bo‘linib har bir xromatida mustaqil 
xromosomalarga aylanadi. Telofaza II 
da xromosomalar qutblarga tarqa ladi va 
sitokinez amalga oshadi (32-rasm).
Meyozning biologik ahamiyati. 
Meyoz jarayonida 1 ta diploid to‘plamli 
hujayradan 4 ta gaploid hujayralar ho sil 
bo‘ladi. Meyoz jarayonida sodir bo‘-
la digan konyugatsiya, krossingo ver
gomologik xromosomalarning ta so-
di fi y kombinatsiyalarda tarqalishi tu-
fay li bir-biridan va boshlang‘ich ona 
hujayradan genetik jihatdan farq qiladi. 
Meyoz jarayoni asosida kombinativ 
o‘zgaruvchanlik yotadi. 
Tayanch so‘zlar: xromosoma, xromatida, geteroxromatin, euxromatin, sentro-
mera, metasentrik, submetasentrik, akrosentrik, amitoz, mitotik sikl, mitoz, 
kariokinez, sitokinez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, meyoz.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling