Biolog 10 indd


-§. ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI. JINSSIZ KO‘PAYISH


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

14-§. ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI. JINSSIZ KO‘PAYISH
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda 
o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘ -
pa yish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi 
ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombi-
natsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo 
bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir. 
Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi: 
Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir 
hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi. 
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm 
ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga 
asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan 
aynan nusxasi bo‘ladi.
Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individ-
larning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda 
organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik 
axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. 
Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda 
ham ko‘payadi.


67
Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda 
kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNK-
si replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil 
bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi (35-rasm). Bir 
hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, 
infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz 
jarayoniga asoslangan. 
Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya – ko‘p 
bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi bir necha 
marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi. 
Xlorella, 
xlamidomonada 
kabi 
suvo‘tlari, 
zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar 
mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar 
bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi. 
Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi
Achitqi zamburug‘ining kurtaklanib ko‘payishi
Xlamidomonadaning sporalar orqali 
ko‘payishi
Bezgak parazitining eritrotsit hujayrasida 
ko‘payishi

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling