Biolog 10 indd


-rasm. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi. Kurtaklanib ko‘payish


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

36-rasm. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, 
achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma 
paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (36-rasm).
Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya 
jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak 
tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.
35-rasm. Bakteriya 
hujayrasining bo‘linishi.





68
Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali 
chuvalchanglarda kuzatiladi.
Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirq-
quloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yengil 
sporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi.
Gidroid polipning kurtaklanishi 
Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar
Oq planariyaning tana bo‘laklari 
orqali ko‘payishi
Zamburug‘ning sporadan ko‘payishi
37-rasm. Ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk 
rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan 
yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir 
tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali 
vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan (37-rasm).


69

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling