Biolog 10 indd


Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujay-
ralar – changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang 
xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta 
mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib 
ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga 
aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni 
hosil qiladi (38-rasm).
38-rasm. Urug‘li o‘simliklarda erkaklik gametalarning rivojlanishi. 1 – changchi; 
2 – mikrosporotsit hujayra; 3 – mikrosporalar; 4 – chang donasi; 5 – vegetativ hujayra; 
6 – generativ hujayra; 7 – spermiylar.
Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra 
meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra – megasporani hosil 
qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz 
yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak 
xaltaning bir qutbida uchta, ikkinchi qutbida ham uchta, markazida esa ikkita 
hujayraning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan markaziy hujayra joylashadi. 
Murtak xaltasining mikropile tomonidagi uchta hujayrasining o‘rtadagi 
yirikrog‘i tuxum hujayra hisoblanadi (39-rasm). 
39-rasm. 1 – urug‘chi; 2 – megasporotsit hujayra; 3 – megaspora; 
4-, 5-, 6 – mitoz bo‘linish; 7 – murtak xalta; 8 – tuxum hujayra; 9 – markaziy hujayra. 
meyoz


71
Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin 
o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha- 
chang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib 
urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi 
orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum 
hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli 
o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish deb ataladi (40-rasm).
40-rasm. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayoni.
Urug‘kurtakning urug‘langan hujayralari ko‘p marta bo‘lina boshlaydi. 
Urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan murtak, urug‘langan markaziy 
hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda 
urug‘ni hosil qiladi. Shunday qilib, qo‘sh urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak 
urug‘ga aylanadi. Uning po‘stidan shu urug‘ni o‘rab turadigan po‘st, tuguncha 
va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling