Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar : 1-topshiriq.
- 16-§. ONTOGENEZ – TIRIK ORGANIZMLARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
Tayanch so‘zlar: izogamiya, geterogamiya, oogamiya, kopulatsiya, konyugatsiya,
gametogenez, ovogenez, spermatogenez, partenogenez. Savol va topshiriqlar: 1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz? 2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. 3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’rifl ang. 4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering. 5. Ko‘p hujayralilarda urug‘lanmasdan ko‘payishni ta’rifl ang. 6. Jinsiy ko‘payishning ahamiyatini izohlang. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1-topshiriq. Spermatogenez va ovogenez jarayonini qiyosiy taqqoslang. Spermatogenez Umumiy jihatlar Ovogenez O‘ziga xos jihatlar O‘ziga xos jihatlar 2-topshiriq. Hayvonlarda va gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi va urug‘lanish jarayonlarini qiyoslang. Gulli o‘simliklar Umumiy jihatlar Hayvonlar O‘ziga xos jihatlar O‘ziga xos jihatlar 16-§. ONTOGENEZ – TIRIK ORGANIZMLARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHI Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketma- ket sodir bo‘ladigan morfologik, fi ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton – mavjudot, genezis– rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. 75 Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivoj- lanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi. Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfi biylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk). Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling