Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, gibridologik, alternativ, bekkross. 
G. Mendelning I qonuni, G. Mendelning II qonuni, ko‘p allellilik, kodominantlik.
Savol va topshiriqlar:
1. Irsiyat nima?
2. O‘zgaruvchanlikka ta’rif bering.
3. Gibridologik usul haqida gapiring.
4. G. Mendelning I qonunini aytib bering. 
5. G. Mendelning II qonuni haqida gapiring. 
6. G. Mendel no‘xat o‘simligining necha juft muvofi q belgilarini nasldan naslga 
o‘tishini kuzatdi?


85
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1-masala. Ota-onasi qora ko‘zli (A) bo‘lgan, ko‘k ko‘zli (a) yigit, otasi qora 
ko‘zli, onasi ko‘k ko‘zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko‘k ko‘zli o‘g‘il 
farzand tug‘ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang.
2-masala. G‘o‘za tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen 
bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. 
Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali 
bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda Fi da 1800 ta o‘simlik olingan. 
Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‘ladi?
18-§. DIDURAGAY VA POLIDURAGAY CHATISHTIRISH. 
G.MENDELNING UCHINCHI QONUNI
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili
masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomo-
zigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) orga-
nizm lar chatishtirishdan F
1
da АаВb (100%) sariq silliq organizmlar olina di. 
Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini 
ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtiril-
ganda F

quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb; 
yashil silliq aaB–; yashil burushgan – aabb.
Duragaylarning F
2
dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan 
1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.
Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari 
belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita 
har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana 
olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni – belgilarning 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling