Biolog 10 indd


mustaqil holda taqsimlanishi


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta’rifl anadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgan 
geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda 
nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani 
unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda 
joylashgandagina amalga oshadi.
Diduragay chatishtirishda allellarning F
2
avlodida fenotip jihatdan 
allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq = 
3/4x3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4x1/4 = 
3/16; yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16.


86
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv 
belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni 
chatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi. 
Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni 
yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa 
F
1
duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
Agar F
1
duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil 
gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning 
fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta 
doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq, 
burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan, 
guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.
Fenotip
sariq tekis qizil yashil burushgan oq 
P
Genotip
AABBCC x aabbss 
gameta ABC
abc
Fenotip
sariq tekis qizil sariq tekis qizil 
F
Genotip
AaBbCc x AaBbCc 
Shuni qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish 
sinfl ari, ularning kombinatsiyalanish imkoniyatlari, fenotipik va genotipik 
sinfl ar soni ham ko‘p bo‘ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin:


87
Аllel 
juftlar
soni
Gameta 
xillari
soni
Gametalarning 
kombinatsiyala-
nish soni
Genotipik 
sinfl ar 
soni
Fenotipik 
sinfl ar soni
Ajralishning
fenotipik formulasi
1
2
1
=2
4
1
=4
3
1
=3
2
1
=2
(3:1)
1
=3:1
2
2
2
=4
4
2
=16
3
2
=9
2
2
=4
(3:1)
2
=9:3:3:1
3
2
3
=8
4
3
=64
3
3
=27
2
3
=8
(3:1)
3
=27:9:9:9:3:3:3:1

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling