Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel
monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi. Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» – «ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus – chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar – allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir 44-rasm. Xushbo‘y no‘xat o‘simligining G. Mendel tomonidan o‘rganilgan belgilari. 83 xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi. Birinchi avlod duragaylari o‘zaro chatishtirilganda, olingan duragaylar orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosil bo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish yuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft alternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonun belgilarning ajralish qonuni deb ataladi. Shunday qilib, monoduragay cha tish tirishda F 2 ning ¾ qismida dominant allel, ¼ qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi. Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi. F 1 avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F 2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofl igi farazini ilgari surdi. Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning birini otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari aralashmaydi. U bu hodisani F 2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda bo‘ladi. 45-rasm. G‘o‘za tolasi rangining irsiylanishi. 84 G. Mendelning gametalar sofl igi gipo tezasi sitologik jarayonlarga asoslangan. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling