Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

43-rasm. Assidiya metamorfozi. 1 – harakatchan lichinka; 2,3 – o‘troq hayot
kechirish bilan bog‘liq metamorfoz; 4 – voyaga yetgan assidiya. 


79
Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
metamorfozida a’zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi. Suvda ham 
quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining 
o‘zgarishi bilan bog‘liq. 
O‘simliklarning ontogenezi o‘ziga xos tarzda kechadi. Gulli o‘simliklarda 
ontogenez quyidagi davrlardan iborat: Embrional davr zigotadan boshlanib
urug‘ hosil bo‘lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi. Yoshlik davri 
urug‘ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ 
organ – gul kurtaklarining paydo bo‘lishi bilan tugaydi. Ko‘payish davrida 
gul, meva, urug‘ning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Qarilik davrida ontogenez 
yakunlanadi, o‘simlik quriydi. 
Bir yillik o‘simliklarda ontogenez bir yil davom etsa, ko‘p yillik 
o‘simliklarda embrional, yuvenil (yoshlik) davrlari bir marta sodir bo‘ladi. 
Uchinchi davr esa ko‘p marta takrorlanadi.
Organizm individual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri katta. 
Tashqi muhit omillarining ta’siri embrional davrda ham, postembrional davrda 
ham kuzatiladi. Organizmlarning rivojlanishiga abiotik omillar: harorat, 
yorug‘lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Gomeostaz. Organizm doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitlarida 
yashaydi. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qaramay, tirik 
organizmlarning o‘zining morfologik, anatomik, fi ziologik xususiyatlarini, 
kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlay olish xususiyati 
gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta’minlashda immunitetini ta’minlovchi 
tizimlar, regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb organizm-
larning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati 
tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta 
tiklanishiga aytiladi. 
Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni 
kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirik 
organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, 
evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar – tabiiy 
tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini 
ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir 
sutka davomida organizm fi ziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kecha-
kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kecha-
kunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo‘linishining 
tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik 
o‘zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar 


80
yil davomida kun uzunligining o‘zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan 
fi ziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning 
gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi 
hodisalar kuzatiladi. 
Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit 
sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi orga-
nizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlar-
ga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroor-
ganizmlarning sporalari, o‘simliklarning urug‘lari, hayvonlar sistalari, 
tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling