Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organogenez.
Gastrulatsiya. Homilaning rivojlanishi davom etib, hujayralarning
bo‘lini shi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga o‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi. Organogenez. Bu bosqichda dastlab o‘zak organlar majmuyi: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi (42-rasm). Homila qavatlari ma’lum tartibda joylashgan hujayralar to‘plami bo‘lib, ularning har biridan o‘sha qavat uchun xos to‘qimalar va a’zolar rivojlanadi. Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermis qismi va uning hosilalari, (jun, pat, tirnoq) tishlarning emal qavati rivojlanadi. Entodermadan me’da, ichak, nafas yo‘llari epiteliysi, jigar, o‘rta ichak epiteliysi, hazm bezlari, jabralar va o‘pkalar epiteliysi rivojlanadi. 77 42-rasm. 1–4 – maydalanish; 5 –blastula; 6–7 – gastrulatsiya; 8 – dastlabki organogenez; 9 – organogenez. Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to‘qimalari, yurak-tomir sistemasi, ayirish va jinsiy organlar rivojlanadi. Homilaning rivojlanishi jarayonida uning ayrim hujayralari qismlarining tuzilishi va funksiyalarida farqlar paydo bo‘lishi va farqlarning tobora ortib borishi diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) deyiladi. Morfologik jihatdan diff erensiatsiyalashish natijasida ko‘p hujayra tiplari hosil bo‘ladi. Bio kimyoviy jihatdan diff erensiatsiyalanish natijasida hujayralarda (maxsus) oqsillar sintezlanadi (masalan, teri hujayralarida mela- nin, oshqozon osti bezi hujayralarida – insulin). Tuban hayvonlarda diff erensiyalashgan hujayralar tipi uncha ko‘p bo‘lmaydi. Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda hujayralar orasidagi farqlar tobora kuchayib boradi. Diff erensiatsiyalanish jarayoni tiriklikning molekula – hujayra – to‘qima darajasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonda hujayraning ayrim genlari o‘z faoliyatini saqlab qoladi, ayrimlari o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan genlar zichlashgan xromatinga aylanadi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling