Biolog 10 indd


Hayvonlarda jinsiy ko‘payish


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy 
jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. 
Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu 


72
organizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri 
o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi. 
Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. 
Konyugatsiya (lotincha konyugatsiyabirikish, bog‘lanish so‘zlaridan 
olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi 
konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid 
yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida 
qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi. Har ikki 
tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o‘tadi. Har bir 
tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o‘zaro qo‘shilib, diploid yadroni hosil qiladi. 
Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi. 
Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir 
bo‘lgani uchun yangi hosil bo‘lgan individlar genotipi dastlabki individlar 
genotipidan farq qiladi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarda urug‘lanib va urug‘lanmasdan (partenogez) 
ko‘payish farqlanadi.
Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni 
gametogenez deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy 
hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, 
urg‘ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda 
maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling