Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
Tayanch so‘zlar: embrional rivojlanish, postembrional rivojlanish, yuvenil davr,
pubertat davr, gomeostaz, bioritm, anabioz. Savol va topshiriqlar: 1. Ontogenez davrlarini tushuntiring. 2. Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang. 3. To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang. 4. Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring. 5. Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin? 6. Gomeostazning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bering. Mustaqil bajarish uchun topshiriq: O‘zlashtirilgan bilimlaringizga asoslanib insonlar hayotidagi bioritmlarga misollar keltiring. 17-§. IRSIYATNING UMUMIY QONUNIYATLARI. G.MENDELNING IRSIYAT QONUNLARI VA ULARNING MOHIYATI Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat – organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarga tur, zot, navning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi. O‘zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xossasidir. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa 81 bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala xususiyatlari – irsiyat va o‘zgaruvchanlik organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi. Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fi krlar G. Mendel nomi bilan bog‘liq. G. Mendel kashfi yotining yaratilishidan ancha avval sun’iy duragaylash usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf etilgan bo‘lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilgan. G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz usulini takomillashtirdi. Gibridologik (duragaylash) usul – bir-biridan keskin farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan. Gibridologik usulni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ayrim belgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish; duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish; har bir individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish; juda ko‘p belgilardan bitta yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish. G. Mendel no‘xat (Pisum sativum) o‘simligi ustida tajribalar olib bordi. Ushbu o‘simlik o‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi, juda ko‘p muqobil belgilarga ega (44-rasm). sariq donli no‘xat X yashil donli no‘xat = sariq donli no‘xat silliq donli no‘xat X burushgan donli no‘xat = silliq donli no‘xat qizil gulli no‘xat X oq gulli no‘xat = qizil gulli no‘xat 82 barg qo‘ltig‘idagi gul X poya uchidagi gul = barg qo‘ltig‘idagi gul uzun poyali no‘xat X kalta poyali no‘xat = uzun poyali no‘xat oddiy dukkakli no‘xat X bog‘imli dukkakli no‘xat = oddiy dukkakli no‘xat yashil dukkakli no‘xat X sariq dukkakli no‘xat = yashil dukkakli no‘xat No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida G. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib, keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling