Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p allellilik
- Kodominantlik
Chala dominantlik. G. Mendel to monidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi
ikkinchi belgi ustidan to‘liq domi nantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining irsiylanishida to‘liqsiz dominantlik ho disasi ham uchraydi. Ingliz olimi U. Betson o‘z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan F 1 avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo‘lgan. F 2 da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya’ni 1 / 4 qismi qora, 2 / 4 qismi havorang, 1 / qismi oq bo‘ldi.Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‘ldi. G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir – AA, novvotrang – Aa, oq – aa), na- mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil – AA, pushti – Aa, oq – aa), odamlarda soch tolasining (jingalak – AA, taram-taram – Aa, silliq – aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega (45-rasm). Ko‘p allellilik. G. Mendel tadqi qotlaridan keyin ko‘p vaqt o‘tgach, «domi- nant gen» va «retsessiv gen» tushunchalari nisbiy ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biror belgi genining dominant, retsessiv deb atash mumkin bo‘lmagan boshqacha «holatlar»i bo‘lishi ham mumkin. Gen mutatsiyalari natijasida yuqoridagi holatlarning ikkita emas, uchta yoki undan ortiq allellari paydo bo‘lish hodisasi ko‘p allellilik deyiladi. Kodominantlik. Somatik hujayralarda ikkitadan allel genlar bo‘ladi: ular ota-onadan o‘tgan. Ko‘p allellilikda bunday genlar «xillari» bitta populatsiyaga mansub har xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o‘tganligiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega bo‘lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B – dominant allellar, 0 esa retsessiv allel. Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari uchraydi: 00 – birinchi, AA va A0 – ikkinchi, BB va B0 – uchinchi, AB – to‘r tinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga bunday ta’siri kodominantlik deyiladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling