Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

krossoverlar deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida 
hosil bo‘lgan avlod nokrossoverlar deb ataladi.
46-rasm. To‘liq birikish.


90
Qora tana, 
kalta qanot
8,5%
Qora tana, 
normal qanot
41%
Qora tana, 
kalta qanot
Gametalar
41,5%
Kulrang tana, 
normal qanot
8,5%
Kulrang tana, 
kalta qanot
Kulrang tana, 
normal qanot
47-rasm. Chala birikish.
T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan 
genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi. 
Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir. 
Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi; 
1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng. 
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa 
17 morganidaga teng.
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib 
T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. 
Uning mazmuni quyidagicha: 
– genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi;
– har bir gen xromosomada o‘z o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik 
xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi;
– bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib, 
birgalikda irsiylanadi; birikish guruhlari soni xromosomalarning gaploid 
to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir. 


91
– krossingover jarayonida genlarning birikishi buzilishi mumkin, bunda 
rekombinant xromosomalar hosil bo‘ladi; krossingover chastotasi genlar 
orasidagi masofaga bog‘liq: masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, krossingover 
shuncha ortadi;
– rekombinatsiya foizi asosida genlar orasidagi masofa aniqlanadi, bu esa 
xromosomalar xaritasini tuzishga imkon beradi. 
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik 
xaritasini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Ma’lum birikish guruhga 
kirgan genlarning joylashish tasviri genetik xarita deyiladi. Genetik xaritada 
organizmning har bir birikish guruhi alohida tasvirlanadi va ularda joylashgan 
genlarning qisqartirilgan nomi beriladi, genlar orasidagi masofa krossingover 
foizlari natijalariga qarab belgilanadi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling