Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
- 21-§. JINS BILAN BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISH
Tayanch so‘zlar: dimorfi zm, autosoma, jinsiy xromosoma, gomogametali,
geterogametali. Savol va topshiriqlar: 1. Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan yozib tushuntiring. 2. Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan izohlang. 3. X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofi la meva pashshasida qanday bo‘ladi? 4. X xromosoma birikkan holatda bo‘lganda belgilarning irsiylanishiga oid misollar keltiring. 5. Geterogametali va gomogametali organizmlar yozuvda qanday ifodalanadi? Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring. T/r Urg‘ochilari gomogametali organizmlar Erkaklari gomogametali organizmlar 1 49-rasm. Qushlarda jinsning irsiylanishi. 95 21-§. JINS BILAN BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISH Genlar faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil namoyon bo‘ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan drozofi lada oʻrganilgan. Morgan drozofi laning ko‘z rangini irsiylanishini o‘rgandi. Ko‘zning qizil rangi dominant, oq rangi esa retsessiv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi qizil ko‘zli gomozigota drozofi la genotipi X W+ X W+ , oq ko‘zli erkakniki X W Y bo‘ladi. Ularni o‘zaro chatishtirish natijasida F 1 dagi urg‘ochi va erkak drozofi lalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F 2 dagi urg‘ochi drozofi lalarning hammasi qizil ko‘zli, lekin ularning ½ qismi gomozigota, ½ qismi geterozigota holatda, erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi. Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), F 1 da hosil bo‘lgan erkak drozofi lalar oq ko‘zli, urg‘ochi drozofi lalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F 2 dagi urg‘ochi drozofi lalarning ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi (50-rasm). Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling