Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: organizm, avtotrof, geterotrof, moddalar almashinuvi, aerob 
va anaerob organizm, hujayra, to‘qima va organlarning ixtisoslashuvi, jinsiy va 
jinssiz ko‘payish, nerv-gumoral tizim.
Savol va topshiriqlar: 
1. Hayotning organizm darajasi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni ayting.
2. Hayotning organizm darajasi xususiyatlari bilan molekula va hujayra da raja-
larining xususiyatlarini taqqoslang. Umumiy xususiyatlar va farqlarni aniqlang.
3. Hayotning organizm darajasi bilan hujayra darajalarining xususiyatlari o‘r-
tasidagi uzviylikni tushuntiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: «Bir va ko‘p hujayrali organizmlarda 
kechadigan jarayonlar» mavzusida referat tayyorlang.
13-§. TIRIK ORGANIZMLARNING OZIQLANISHGA 
KO‘RA TURLARI
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir, 
ya’ni ular bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi 
bo‘lib turadi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik 
reaksiyalar, membrana orqali moddalar transporti, hujayralarning o‘sishi 


64
va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini 
saqlash uchun energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanish 
jarayonida hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning 
o‘zlashtirilishi oziqlanish deyiladi. Oziqlanish tirik organizmlarning muhim 
xususiyati hisoblanadi.
Tirik organizmlar uglerod va energiyaning qanday manbayidan foyda-
lanishiga ko‘ra avtotrof va geterotrofl arga ajratiladi. 
Avtotrofl ar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluv chi 
organizmlardir. Organik moddalarni sintezlash uchun ener giya zarur. Avto-
trofl ar qaysi energiya tu ridan foydalanishiga ko‘ra fototrof va xemotrof larga 
bo‘linadi. Fototrofl ar – yorug‘ lik energiyasidan foydala nib or ganik moddalarni 
sintezlaydi gan organizmlardir. Fototrofl arga barcha yashil o‘simliklar va 
sianobak teriyalar kiradi. 
Xemotrofl ar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo‘lgan 
energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. 
Xemotrofl arga nitrifi kator, oltingugurt, vodorod va temir bakteriyalari kiradi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling