Biolog 10 indd


III. Hujayrada energiya almashinuviga doir quyida berilgan masalalarni


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

III. Hujayrada energiya almashinuviga doir quyida berilgan masalalarni 
yeching. 
1) 675 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitida bosqichma-bosqich 
parchalansa qancha energiya hosil bo‘ladi? 
2) Glikoliz jarayonida 4500 g glukoza parchalangan bo‘lsa, hujayrada qancha 
sut kislota hosil bo‘ladi?
3) Muskullarda 7 mol glukoza parchalandi. Shundan 3 mol glukoza kislorod 
ishtirokida, 4 mol glukoza kislorod ishtirokisiz parchalandi. Qancha CO
2
, H
2
O, sut 
kislota hosil bo‘ladi?
4) Anaerob nafas olish jarayonida sitoplazmada 14 molekula sut kislota hosil 
bo‘ldi. Parchalangan glukozaning miqdorini aniqlang. 
5) Dissimilatsiya jarayonida 7 mol glukoza parchalangan. Agar 2 mol glukoza 
to‘liq parchalangan bo‘lsa, qancha (mol) ATF sintezlangan?
IV BOB. HAYOTNING ORGANIZM DARAJASIDAGI 
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR
12-§. HAYOTNING ORGANIZM DARAJASI VA 
UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning organizm darajasida 
tirik organizmlarning xilma-xilligi, hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususi-
yatlari o‘rganiladi.
Organizm o‘z-o‘zini idora etuvchi biologik sistema. Organizm hayotiy 
jarayonlarni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon etish, o‘z-o‘zini 
idora etish va tiklash xususiyatlariga ega, irsiy axborotni avloddan avlodga 
barqaror o‘tkazilishini ta’minlovchi yaxlit biologik sistema sanaladi.
Botanika o‘quv fanida o‘simlik yaxlit organizm ekanligi haqida ma’lumot 
berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda o‘simliklarda hayotiy jarayonlar: na fas 


61
olish, fotosintez, suv bug‘latish, harakat-
lanish, o‘sish, rivojlanishni yuqori darajada 
tartiblangan tarzda na moyon bo‘ladi, o‘z-
o‘zini idora etish va tiklash, ko‘payish 
xususiyatlariga ega, o‘zidagi mavjud irsiy 
axborotlarni keyingi avlodga barqaror 
o‘tka zilishini ta’minlovchi biologik siste-
ma ekanligini qayd etish zarur (33-rasm).
Organizm yoki alohida olingan individ 
populatsiya tarkibiga muayyan tuzilish va 
funksional tarkibga ega bir qismi sifatida 
kiradi va populatsiya – tur jarayonida mu-
him o‘rin tutadi.
Odam organizmi o‘z-o‘zini idora eta-
digan yaxlit biologik sistema ekanligi, 
organlar sistemalarida sodir bo‘ladigan ha-
yo tiy jarayonlarning bosh qarilishi, tash -
qi muhit omillarining ta’siri, sog‘lom 
tur mush tarzi va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan holda yuqumli va 
surunkali kasalliklar kelib chiqishi haqida «Odam va uning salomatligi» o‘quv 
fani orqali sizga ma’lum (34-rasm).
Evolutsiya jarayonida ko‘p hujayrali organizmlarda dastlab gumoral idora etish 
paydo bo‘lgan. Yuqori darajada tuzilgan hayvonlar va odamning o‘z-o‘zini idora 
etishda gumoral boshqarish bilan bir qatorda nerv tizimi ham muhim o‘rin tutadi. 
U tirik organizmlar hayotiy jarayoni barqarorligi, doimiyligi va davomiyligini 
amalga oshiradi, zarur hollarda korreksiyalaydi va tashqi muhit hamda organizm 
o‘rtasidagi munosabatlarni muvofi qlashtiradi. Nerv sistemasi organizmning 
yaxlitligi va gomeostazning doimiyligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Gumoral boshqarish nerv orqali idora qilishga bo‘ysungan holda yagona 
nerv-gumoral tizimni hosil qiladi. Organizmdagi nerv-gumoral tizim irsiy 
axborot asosida vujudga keladi va har bir organizmda o‘ziga xos xususiyatga 
ega bo‘ladi. Har bir organizmning irsiy axboroti organizmning hayotiy 
jarayonlarini idora etishni ta’minlab, doimiy o‘zgarishda bo‘ladigan tashqi 
muhitga moslashishga yordam beradi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling