Tabiiy geografik o’rni


Download 383.52 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi383.52 Kb.
#1140952
Bog'liq
Atlantika okeni

Atlantika okeni

Tabiiy geografik o’rni

  • Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya o.lari, sharqda Yevropa hamda Afrika, g`arbda Shim. va Jan. Amerika, jan.da Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shim.dan jan.ga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km (ekvator yakinida). Mayd. dengazlari bilan birgalikda 91140,8 ming km2, o`rtacha chuq. 3332 m, suvining o`rtacha hajmi 337541 ming km3 (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming km2, o`rtacha chuq. 3926 m va suv hajmi 323613 ming km3).
  • Atlantika okeani geografiyasi
  • Atlantika okeani meridian bo`ylab katta masofada cho`zilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va jan.da Antarktika iqlim mintaqasigacha bo`lgan iqlim mintaqalarini o`z ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, ya`ni 40°sh. k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shim. Atlantika va Jan. Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari ta`sirida o`rtacha kengliklarda kuchli g`arbiy shamollar, Shim. va Jan. yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shim.-sharqiy vajan.-sharqiy (passat) shamollar hosil bo`ladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Jan. yarim shardagi o`rtacha kengliklarida esadi. Shim. tropik kengliklarda iyundan okt.gacha davom etadigan kuchli bo`ronlar bo`lib turadi. Havo temperaturasi qishda, fev.da (Atlantika okeanining jan. qismida esa avg.da) ekvatorda 25° bo`lsa, 60° sh. k.da 0°, 60° j. k.da — 8 dan —10° gacha bo`ladi. Atlantika okeanining chekka shim. g`arbi va jan.da temperatura — 25° va undan pastga tushadi. Yozda, ya`ni avg. oyida esa (Atlantika okeanining jan. qismida fev. oyida) temperatura ekvatorda 26 — 28° bo`lsa, 60° sh. k.da 8 — 12° va 60° j. k.da 0 — 2° bo`lad

O’simliklari

  • Atlantika okeani o`simlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur bo`lgan qismi (okean tubining 2%) suv tubi o`simliklari (fitobentos) qo`ng`ir, yashil va qizil suvo`tlardan, shuningdek sho`r suvda o`sa oladigan gulli o`simliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya)dan iborat. Atlantika okeanining 20° sh. k. bilan 40° sh. k. orasida va 30° g`. u. orasida Sargasso den-gizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qo`ng`ir suvo`tlar nihoyatda ko`p. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 m li ustki qismida esa ayniqsa ko`p. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvo`tlardan iborat. 1 m3 suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor.

Hayvonot olami

  • Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil bo`la boradi. Sovuq va mo`tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi bo`lsa, tropik kengliklarda o`nlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va mo`tadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabug`asimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbaqasimonlar va ba`zan qanot oyokdi mollyuskalar ko`pchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, ya`ni sovuq va mo`tadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va b.) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbakalari, qiskichbakasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poli-plari, ssifoid meduzalar, sifonofo-ralar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. dengiz hayvonlaridan iborat.

Ochilish tarixi

  • Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan ma`lum bo`lgan: miloddan 1200 yiloldin fini-kiyaliklar, 300 — 100 yiloldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shim. Afrika qirg`oklariga yaqin qismlarida, 9—10- a.larda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15- a.da ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yo`llari-ni qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 -1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vasko da Gama (1498) sayohatlari alohida o`rin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo bo`ylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan o`tgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803)

Download 383.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling