Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

19
-rasm. Plazmatik membrananing tuzilishi.
Hayotning hujayra darajasida DNK va RNKning biologik funksiyalari
matritsali sintez reaksiyalari, hujayra hayotiy jarayonlarining fermentativ 
boshqarilishi kabi muhim hodisalar sodir bo‘ladi. Hujayra darajasidan boshlab 
genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish orqali avlodlar davomiyligi va 
hayotning uzluksizligi ta’minlanadi. 
Evolutsiya natijasida hujayralarning ixtisoslashuvi tufayli bir-biridan shakli, 
jarayonlari, funksiyalari bilan farqlanadigan xilma-xil hujayralar kelib chiqqan. 
Bu esa o‘z navbatida to‘qima va organlarning paydo bo‘lishi va pirovardida 
mustaqil hayot kechiradigan yaxlit tizim, ya’ni ko‘p hujayrali organizmlarning 
kelib chiqishiga olib keldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik 
tuzilish va funksional birligi hisoblanadi (20-rasm).
Hujayra nazariyasining asosiy qoidalari. Hujayra nazariyasi – barcha 
tirik organizmlar kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishining bir ekanligini e’tirof 
etuvchi umumbiologik qonuniyatdir. 


35
Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan ma’-
lumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838–1839-yillar). 
O‘simlik va hayvon organizmlari uchun umumiy hisoblangan hujayraviy 
tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdilar. 
Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi ko‘pgina kashfi yotlarga 
bog‘liq. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud 
hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma 
xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning 
asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib 
berdi. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum 
hujayradan boshlanishini isbotladi. Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining 
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
1. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligidir.
20-rasm. 1 – hayvon hujayrasi; 2 – o‘simlik hujayrasi; 3 – bakteriya hujayrasi.


36
2. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo‘linishi natijasida hosil 
bo‘ladi.
3. Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari tuzilishi va fi ziologik 
jarayonlari jihatidan o‘xshash.
4. Ko‘p hujayrali organizmlarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birgalikda 
to‘qimalarni hosil etadi.
5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi va nasllarga berilishini 
ta’minlaydi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling