Biolog 10 indd


Energetik almashinuv – dissimilatsiya


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning 
universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish 
reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
ADF + H
2
PO

+ 40 kJ = ATF + H
2

ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organik 
moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy 
bog‘larida saqlanadi. 
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik al-
mashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish 
jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas 
olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob orga-
nizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda 
o‘tadi (22-rasm):
1. Tayyorgarlik bosqichi.
 2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz.
21-rasm. Plastik va energiya almashinuvida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.


40
 3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.
22-rasm. Moddalar almashinuvi bosqichlari.
1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm 
qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu 
bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida 
yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar 
aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa 
monosaxaridlarga parchalanadi.
Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘-
liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hu-
jayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining 
sintezlanishiga sarfl anadi, bir qismi esa parchalanadi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling