Biolog 10 indd


genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda  tutilsa, 4 3


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda 
tutilsa, 4
3
=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida 
kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va 
S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.


49
Genetik kodning xususiyatlari:
1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. 
2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.
3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. 
4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.
5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni 
ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. 
Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodon lar dir 
(25-rasm). 
Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. 
Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil 
sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi. 
26-rasm. Transkripsiya.
Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK 
tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjir-
larning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti 
yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga 
ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali 
zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot 
DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi (26-rasm). 
Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi

Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima 
qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil 
molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning 
oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-RNKning bu uchida 
AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi «start 
kodon» deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari 


50
komplementar tarzda bog‘lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar 
fermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid bog‘lar orqali 
birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi (27-rasm). 
27-rasm. Translatsiya jarayoni.
Demak, matritsali sintez reaksiyalari orqali genetik axborotning uzatilishi 
organizmlarning ko‘payishi, regeneratsiyasi, hujayralarning bo‘linishi kabi 
jarayonlar ta’minlanadi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling