Biolog 10 indd
metasentrik; 2) noteng yelkali – submetasentrik
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
metasentrik; 2) noteng yelkali – submetasentrik (bitta yelkasi ikkin chisi-
dan uzunroq); 3) tayoqchasimon – akrosentrik (bitta yelkasi juda uzun, ikkinchisi juda kalta). Xromosomada xromotidalar (1)dan iborat yelkalar (2), birlamchi belbog‘ (3), ikkilamchi belbog‘ (4) bo‘ladi. Xromosomaning ikkilamchi belbog‘i yo‘ldosh xromosomani hosil qiladi (29-rasm). 52 28-rasm. Xromosomaning tarkibi. Hujayra bo‘linayotgan vaqtda xromosomaning birlamchi sentromerasiga mikronaychalar birikadi va ularni qutblarga tortadi. Bu davrda har bir xromosoma ikkita xromatidalardan iborat bo‘ladi. Tirik organizmlar har bir turining hujayrasida xromosomalar soni hujayralarida o‘zgarmas, ya’ni bir xil bo‘ladi. Bu holat xromosomalar sonining doimiylik qoidasi deyiladi. Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa kam bo‘ladi. Jinsiy hujayralarda xromosomalar gaploid to‘plamda, somatik hujayralarda esa xromosomalar juft, ya’ni diploid to‘plamda bo‘ladi. Xromosomalar to‘plami n, shu to‘plamga xos DNK soni c harfl ari bilan ifoda etiladi. O‘lchami, shakli bilan bir-biriga o‘xshash, biri otadan, ikkinchisi onadan o‘tadigan xromosomalar gomolog xromosomalar deyiladi. Masalan, odamning somatik hujayralarida 23 juft xromosoma bo‘ladi. Xromosomalarning miqdor (soni, o‘lchami) va sifat belgilari yig‘indisi kariotip deyiladi. Xromosomalar soni va tuzilishining doimiyligi biologik tur uchun xos xususiyat hisoblanadi. Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra hayotiy sikli bir nechta davrlardan iborat: Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi. 8 ta giston oqsili molekulasi nukleosomalardan iborat fi brillalar xromosoma xromatin DNK 2 nm 30 nm 300 nm 700 nm 1400 nm 53 O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi. Diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yetuklik davri. Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi. Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz. Мitoz – eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Mitoz sikli – hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik – interfaza va mitoz Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling